Asosiy matnga o‘tish
uz
Biznes turi

Kirish va ishni boshlash

Kassaga kirish, sessiyani olish, xodimni almashtirish, ekranlar, administrator paroli va interfeys tili.

POS-terminal — kassirning kompyuter yoki monoblokdagi ilovasi. Ishni boshlash uchun uchta narsa kerak: tashkilot identifikatori, kassaning logini va paroli (admin panel: Kirish → Kassalar) hamda xodimning 4 xonali PIN-kodi (Kirish → Xodimlar). Kassa kompyuterga bir marta ulanadi; keyin har kuni faqat PIN-kod kiritiladi.

Kirish: tashkilot, kassa va PIN-kod #

Uch qadam: tashkilot identifikatori, kassa logini va paroli, xodimning PIN-kodi.

Qanday qilinadi

  1. «Выберите ресторан» (Restoranni tanlang) ekranida «Идентификатор» (Identifikator) maydoniga tashkilot identifikatorini kiriting (admin panel manzilidagi nom: identifikator.joincentro.uz) va Продолжить (Davom etish) tugmasini bosing. Avval kirilgan tashkilotlar «Недавние» (Yaqinda) ro‘yxatida turadi — ustiga bosish kifoya.
  2. «Вход в кассу» (Kassaga kirish) ekranida «Логин кассы» (Kassa logini) va «Пароль» (Parol) ni kiriting va Kirish tugmasini bosing. Bu xodimning emas, kassaning logini va paroli — ular admin panelda Kirish → Kassalar bo‘limida beriladi. Bu qadam uchun internet kerak.
  3. «Введите PIN-код» (PIN-kodni kiriting) ekranida xodimning 4 xonali PIN-kodini tering (ekrandagi tugmalar yoki klaviatura). To‘rtinchi raqamdan keyin kassa o‘zi kiradi — alohida tasdiqlash tugmasi yo‘q. PIN-kod xodim kartochkasida beriladi (Kirish → Xodimlar).
  4. Smena ochilmagan bo‘lsa, kassa smena ekranini ochadi (qarang: «Kassa smenasi»). Smena ochiq bo‘lsa — buyurtmalar ro‘yxati ochiladi.
Birinchi ekran: tashkilot identifikatori
Birinchi ekran: tashkilot identifikatori
Kassaga kirish: kassa logini va paroli
Kassaga kirish: kassa logini va paroli
Xodimning PIN-kodi; yonida — filial va kassa nomi
Xodimning PIN-kodi; yonida — filial va kassa nomi

Bilib qo‘ying

  • PIN noto‘g‘ri bo‘lsa, «PIN kod noto‘g‘ri» xabari chiqadi va maydon tozalanadi — qaytadan tering. Xodimning o‘zi alohida tanlanmaydi: kassa uni PIN-kod bo‘yicha aniqlaydi.
  • Ilova har safar ishga tushganda PIN-kod qayta so‘raladi.
  • PIN ekranidagi Orqaga tugmasi kassani «unutadi»: keyingi kirishda kassa logini va paroli yana kerak bo‘ladi.
  • Xodim shu filialga biriktirilmagan bo‘lsa, kassa uni kiritmaydi — administrator xodim kartochkasida filialni belgilashi kerak.

Kassa band: sessiyani o‘z qo‘lingizga olish #

Shu kassa boshqa qurilmada ochiq bo‘lsa nima chiqadi va ishni qanday davom ettirish.

Bitta kassa bir vaqtda faqat bitta qurilmada ishlaydi. Agar shu kassada boshqa qurilmada faol sessiya bo‘lsa, kassa loginidan yoki PIN-koddan keyin «Касса уже используется» (Kassa allaqachon band) ekrani chiqadi: unda boshqa foydalanuvchining ismi va lavozimi, qurilma va sessiya boshlangan vaqt ko‘rsatiladi.

Tugmadan keyin PIN ekrani boshqa sessiyani yakunlash uchun PIN-kodingizni so‘raydi
Tugmadan keyin PIN ekrani boshqa sessiyani yakunlash uchun PIN-kodingizni so‘raydi
Kassa boshqa qurilmada ochiq: kim ishlayapti, qaysi qurilmada va qachondan
Kassa boshqa qurilmada ochiq: kim ishlayapti, qaysi qurilmada va qachondan

Qanday qilinadi

  1. Ekrandagi ism va qurilmani tekshiring: hamkasbingiz shu kassada hozir ishlamayotganiga ishonch hosil qiling.
  2. Davom etish uchun Завершить и продолжить (Yakunlash va davom etish) tugmasini bosing. Fikringizdan qaytsangiz — Orqaga (kassa loginiga qaytadi).
  3. Kassa PIN ekraniga qaytaradi va «Boshqa sessiyani yakunlash uchun o‘z PIN-kodingizni kiriting.» deb so‘raydi — PIN-kodingizni kiriting. Ekran yana chiqsa, tugmani yana bir marta bosing: tasdiqlash 2 daqiqa amal qiladi.

Diqqat: Boshqa qurilmadagi sessiya majburan yakunlanadi: u yerda «Sessiya yakunlandi» oynasi chiqadi va «OK» dan keyin kassa logini va paroli qayta so‘raladi. Hamkasbingiz buyurtma yoki to‘lov o‘rtasida bo‘lmasligi kerak.

Xodimni almashtirish va chiqish #

Kassani boshqa kassirga qanday berish va kassadan to‘liq chiqish.

  • Xodimni almashtirish (qulf). Buyurtmalar ekrani sarlavhasining o‘ng chetidagi qulf belgisini bosing — kassa darhol PIN ekraniga o‘tadi. Xuddi shu amal: Funksiyalar → Foyd. almashtirish → Tasdiqlash. Keyingi kassir o‘z PIN-kodini kiritadi.
  • Xodim almashganda smena yopilmaydi: smena xodimga emas, kassaga tegishli.
  • Kassadan chiqish. Funksiyalar → Chiqish. Kassa tasdiq so‘ramasdan darhol chiqadi va kassa logini ekraniga qaytadi — keyingi kirish uchun kassa logini va paroli kerak. Saqlanmagan chek (savat) tozalanadi, shuning uchun avval buyurtmani saqlang yoki yakunlang.
Qulf tugmasidan keyin: kassa ochiq qoladi, keyingi xodim PIN-kodini teradi
Qulf tugmasidan keyin: kassa ochiq qoladi, keyingi xodim PIN-kodini teradi

Kassa ekranlari va «Funksiyalar» menyusi #

Buyurtmalar ro‘yxati, terminal, aloqa nuqtasi va «Funksiyalar» oynasidagi bandlar.

Asosiy ekranlar

Buyurtmalar ekrani
Kirgandan keyin ochiladi. Yorliqlar: «BUYURTMALAR» — faol buyurtmalar, «ZAL XARITASI» — zal xaritasi (zalda xizmat yoqilgan bo‘lsa), «CHEKLAR ARXIVI» — yopilgan cheklar. Yangi buyurtma tugmasi yangi buyurtma boshlaydi. Sarlavhada: aloqa nuqtasi, qo‘ng‘iroqcha (bildirishnomalar), Funksiyalar, mavzu (yorug‘/qorong‘i), xodim ismi va qulf.
Terminal
Buyurtma tuziladigan ekran. Chapda — chek: «Chek», «Mijoz» va (yetkazib berishda) «Yetkazib berish» yorliqlari, pozitsiyalar va jami. O‘ngda — katalog: qidiruv, kategoriyalar va mahsulot kartochkalari. Pastda: «Aksiyalar», oshxonaga yuborish tugmasi, printer belgisi («Oldindan chek»), «…» («Yana») va To‘lov. Buyurtmalar tugmasi buyurtmani saqlab, ro‘yxatga qaytaradi.
Aloqa nuqtasi
Sarlavhadagi rangli nuqta. Yashil — server bilan aloqa bor; sariq — lokal amallar sinxronlashni kutmoqda; qizil — aloqa yo‘q yoki amallar ko‘rib chiqilishini kutmoqda. Nuqtani bossangiz, kassa aloqani qayta tekshiradi. Batafsil: «Internetsiz ishlash».
Buyurtmalar ekrani: yorliqlar, holat filtrlari va bugungi buyurtmalar
Buyurtmalar ekrani: yorliqlar, holat filtrlari va bugungi buyurtmalar
Funksiyalar oynasi: moliya, ilovalar, uskunalar va boshqa bo‘limlar
Funksiyalar oynasi: moliya, ilovalar, uskunalar va boshqa bo‘limlar

«Funksiyalar» oynasi

«Moliya»
«Kassa smenasi» — smena ekrani; «Xarajat» — kassadagi xarajatlar; «Hisobot» — savdo hisoboti.
«Ilovalar»
«Bronlar» — stol bronlari (restoranda, bronlash yoqilgan bo‘lsa); «Mijozlar» — mijozlar bazasi; «Inventarizatsiya» va «Ta’minot» — admin panelning tegishli sahifasini brauzerda ochadi.
«Uskunalar»
«Qurilmalar» — printerlar sozlamasi; «Pul qutisi» — pul qutisini ochish buyrug‘i. Qarang: «Uskunalar».
«Boshqa»
«Bildirishnomalar» — bildirishnoma sozlamalari; «Foyd. almashtirish» — xodimni almashtirish. Pastki qatorda: «Keshni tozalash» va «Chiqish».

Diqqat: «Keshni tozalash» kassadagi barcha lokal ma’lumotlarni o‘chiradi — jumladan serverga hali yuborilmagan buyurtma va to‘lovlarni; faqat printer sozlamalari va PINgacha kirish ma’lumotlari qoladi. Uni faqat qo‘llab-quvvatlash xizmati aytganda va aloqa nuqtasi yashil bo‘lganda bosing.

Administrator paroli #

Nima uchun kassa ba’zi amallardan oldin parol so‘raydi va u qayerda sozlanadi.

Ba’zi amallardan oldin kassa «Administrator paroli talab qilinadi» oynasini ochadi: pozitsiyani o‘chirish, chegirma, mijozni biriktirish, to‘lovsiz yopish, bekor qilish va qaytarish, arxiv, X/Z-hisobotlar, savdo hisoboti, pul qutisini ochish, narxni o‘zgartirish. Qaysi amallar parol so‘rashi admin panelda belgilanadi: Sozlamalar → Parametrlar → «Xavfsizlik» → «POS Terminal». Parolning o‘zi har bir muassasa uchun alohida — muassasa kartochkasida beriladi.

Buyurtmani tozalashdan oldin kassa administrator parolini so‘raydi
Buyurtmani tozalashdan oldin kassa administrator parolini so‘raydi

Bilib qo‘ying

  • Muassasada administrator paroli berilmagan bo‘lsa, kassa bu amallarda hech narsa so‘ramaydi. Istisno — tovarlarni qaytarish: unda tasdiqlash oynasi doim ochiladi.
  • Parol noto‘g‘ri bo‘lsa — «Parol noto‘g‘ri». Parolni administrator yoki smena boshlig‘i kiritadi; kassirga aytib qo‘yish shart emas.
  • Kassa uzoq vaqt aloqasiz ishlagan va parol qoidalarini yuklay olmagan bo‘lsa, amal rad etiladi — aloqani tiklab, qayta urinib ko‘ring.

Interfeys tili #

Kassa tili qayerdan olinadi va nega ba’zi yozuvlar boshqa tilda chiqadi.

Kassaning o‘zida til tanlash tugmasi yo‘q: til muassasaning asosiy tilidan olinadi (admin panelda Sozlamalar → Parametrlar, tillar ro‘yxatidagi asosiy til). Kassa rus, ingliz va o‘zbek tillariga tarjima qilingan. Kirish ekranlari (tashkilot, kassa logini, «Касса уже используется» va PIN-kod ekrani, qulfdan keyin ham) har doim ruscha chiqadi: muassasa tilini kassa faqat kirgandan keyin biladi. Ayrim oynalar va yozuvlar (qaytarish, xarajatlar, to‘lov ekranining bir qismi) hozircha faqat ruscha. Shu sababli bu qo‘llanmada tugma nomlari kassada qanday ko‘rinsa, shunday yozilgan; ruscha yozuvlar yonida qavs ichida tarjimasi berilgan.

Admin panel: muassasa tillari va asosiy til — kassa shu tilda ishlaydi
Admin panel: muassasa tillari va asosiy til — kassa shu tilda ishlaydi

Kamida 2 ta harf kiriting